“Liverpul” klubi sobiq darvozabonlar murabbiyi Jon Axterberg jamoa posboni Alisson Bekkerni dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb atadi.
“Mening fikrimcha, Alisson so’nggi bir necha yil ichida dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo’ldi. Endi buni aytishim mumkin, chunki men unga boshqa murabbiylik qilmayman, lekin Alissonning o’yinlarini ko’raman.
Ehtimol, so’nggi ikki yilda “Lev Yashin” mukofotiga nomzodlar qatoriga kirmagani unga nisbatan hurmatsizlikdir. Bu sovringa davogarlar ro’yxatini kim tuzayotganini bilmayman, lekin ular darvozabonlik haqida ko’p narsani bilishmasa kerak”, – deydi Axterberg.
Ma’lumot uchun, “Lev Yashin” mukofoti yilning eng yaxshi darvozaboniga beriladi. Alisson ushbu sovrinning birinchi g’olibi hisoblanadi. Ushbu sovrin braziliyalik kiperga 2019-yilda topshirilgan.