Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Joze Mourino qo’l ostidagi “Fenerbaxche” 33 yoshli futbolchini o’z safiga qo’shib olmoqchi. Klub rahbariyati Mourinoning iltimosiga ko’ra, Ilkayning agentlari bilan muzokaralarni boshlagan.
Ma’lumot uchun, Gyundogan o’tgan mavsum La Ligada 36 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Hozirda uning “Transfermarkt”dagi narxi 15 million yevroni tashkil qilmoqda.