Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar jamoasini tark etishi mumkin.
Sport.de nashrining xabariga ko’ra, braziliyalik futbolchi Saudiyadagi faoliyatidan so’ng “Real”ga o’tishni orzu qilmoqda.
Qayd etilishicha, Neymar Vinisius Junior va u bilan yaxshi munosabatda bo’lgan Kilian Mbappe bilan bir jamoada o’ynamoqchi.
Eslatib o’tamiz, Neymar 2023-yilning avgustida “Al-Hilol” safiga kelib qo’shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.