Madridning “Real” klubi qishki transferlar oynasida hozirda “Manchester Yunayted” safida to’p surayotgan Kazemironi ortga qaytarish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda Trivela xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Kazemiro klubning yosh yarim himoyachilariga yordam bera oladigan futbolchi sifatida ko’rilmoqda.
Shuningdek, braziliyalik futbolchi “Qirollik klubi” o’yinchilarining so’nggi paytlarda olgan jarohatlari tufayli yarim himoya va himoya tizimidagi bo’shliqlarni to’ldirishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kazemiro joriy mavsum klub safida jami 16 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.