Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev va ushbu vaznning sobiq jahon chempioni Dmitriy Bivol o’rtasidagi revansh janggi qachon bo’lib o’tishini ma’lum qildi.
Xirnning so’zlariga ko’ra, Beterbiyev – Bivol 2 janggi 22-fevral kuni Saudiya Arabistonida bo’lib o’tishi mumkin.
“Ularning birinchi janggi juda raqobatli va sifatli bo’ldi. Lekin shaxsan men hali ham Bivol mutlaq jahon chempioni bo’lishi kerakligiga ishonaman”, – deydi Xirn.
Eslatib o’tamiz, Bivol va Beterbiyev o’rtasidagi dastlabki jang 2024-yilning oktyabr oyida bo’lib o’tgan va unda Beterbiyev ochkolar hisobiga g’alaba qozongan.