Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar Dubayda qimmatbaho uy sotib oldi.
Mansion Global xabariga ko’ra, 32 yoshli braziliyalik futbolchi narxi taxminan 54 million dollarni tashkil qiladigan hashamatli penthaus sotib olgan.
Penthaus to’g’ridan-to’g’ri kvartiraga olib boradigan shaxsiy avtolift, shuningdek, panoramik manzarali shaxsiy suzish havzasini o’z ichiga oladi.