Madridning “Real” klubi himoyachisi Eder Militao tizzasidagi xochsimon paylarini shikastlab olganidan so’ng muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o’tamiz, Militao Ispaniya La Ligasi 13-turidan o’rin olgan “Osasuna”ga qarshi bahsda (4:0) jarohat olgandi.
Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy mavsum klub safida jami 16 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning madridliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.