Birinchi yarim o’rta vazn toifasida IBF kamariga sobiq da’vogar Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo’ldi.
Unga ko’ra, hamyurtimiz 2-iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etiladigan IBA.Pro 7 turnirida ringga ko’tariladi. O’sha kuni Ergashevga taniqli Ovannes Bachkov raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev faoliyati davomida 27 ta jang o’tkazib, ularning 25 tasida g’alaba qozongan, 2 tasida esa mag’lubiyatga uchragan.
32 yoshli Ovannes esa prof boksda 7 ta jangda ishtirok etib, ularning barchasida g’alaba qozongan, 5 ta jangi esa muddatidan avval yakunlangan.