Super og’ir vazn toifasidagi o’zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov kelajakdagi rejalari bilan o’rtoqlashdi.
“Men har doim jangga tayyor bo’lgan barcha raqiblarimni hurmat qilaman. Barchasini ring ko’rsatadi. Men tayyorman, katta janglarni intiqlik bilan kutyapman. Maqsadim faqat chempion bilan katta janglarga chiqish, boshqa yo’l yo’q.
Agar menga ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo’lardim, bu do’stona chaqiruv. Usik va Joshua kuchimni solishtirish menga juda qiziq, chunki ular ham Olimpiya chempioni. Ular prof boksda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar”, – deydi Jalolov.
Eslatib o’tamiz, Bahodir bugun tongda Monrealda tashkil qilingan boks oqshomida Devid Spilmontga qarshi ringga ko’tarilishi kerak edi, biroq hamyurtimizning yuziga uchuq chiqqani sabab ushbu jang bekor qilindi.