JCh-2026 saralash bosqichi doirasida O’zbekiston milliy terma jamoasi KXDR’ga qarshi maydonga tushdi va qiyinchilik bilan g’alaba qozondi (1:0).
Uchrashuvdagi yagona gol 44-daqiqada Abbosbek Fayzullayev tomonidan kiritildi. Shuningdek, O’tkir Yusupov darvozamiz tomon belgilangan penalti qaytarib, g’alabaga munosib hissa qo’shdi.
O’yin yakunlanganidan so’ng terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov vakillarimizga tabrik yo’lladi.
“Qoyil, yigitlar!”, – deydi Shomurodov o’z instagram sahifasida.

Eslatib o’tamiz, Eldor Qatarga qarshi uchrashuvda olgan jarohati sabab ushbu o’yinni o’tkazib yubordi.