“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning qishki transferlar oynasidagi passivligidan xafa bo’ldi. Bu haqda Manchester Evening News xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, portugaliyalik mutaxassis noyabr oyida mankunianliklar boshqaruviga kelganida moliyaviy muammolardan bexabar qolgan bo’lishi mumkin.
Biroq “qizil iblislar” buni inkor etib, Amorimga klubning moliyaviy ahvoli haqida to’liq ma’lumot berilganini ta’kidlamoqda.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” APL’ning 22-turidan so’ng 26 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida 13-o’rinda bormoqda.