Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining “G” guruhi 2-turida “Manchester Siti” “Al-Ayn”ga qarshi bahs olib boradi.
Statistikalarga ixtisoslashgan SofaScore nashri “shaharliklar”ning ushbu o’yin uchun taxminiy tarkibini e’lon qildi.
Unga ko’ra, hamyurtimiz Abduqodir Husanov bellashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.

Avvalroq “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Al-Ayn”ga qarshi o’yinda birinchi turda o’ynamagan 10 nafar boshqa futbolchi maydonga tushishini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.