“Bavariya” “Man. Yunayted”ning Matteys de Ligt va Nussair Mazraui transferlari bo’yicha ilk taklifini rad etdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, nemislar mankunianliklarga ko’proq pul to’lashi kerakligini ma’lum qilgan. “MYU”ning taklif qilayotgan narxiga esa aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq “Bavariya” yozgi transferlar oynasi ochilishidan oldin bu ikki futbolchiga klubning rejalarida yo’qligini va yangi jamoa izlashlari kerakligini aytgan. Hozirda klublar o’rtasida muzokaralar davom etmoqda.