“Santos” hujumchisi Neymar yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga qaytadi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, ispan klubi va futbolchining vakillari 33 yoshli braziliyalik hujumchining ehtimoliy qaytishini muhokama qilishmoqda.
Hozircha hech qanday qaror qabul qilingani yo’q, biroq ushbu transfer amalga oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Neymar “Santos”ga qaytganidan beri 6 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning braziliyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.