Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi matbuot kotibi Goxan Yilmaz Rossiyaning Sport-Express nashriga bergan intervyusida jamoa SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Manbaga ko’ra, Istanbul klubi hozircha Fayzullayevni sotib olish haqida o’ylagani yo’q:
“Men jamoamiz skautlari bilan bog’landim. Ular hozircha bu borada hech qanday ma’lumot yo’q ekanligini bildirishdi”, – deydi Yilmaz.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev o’tgan mavsum SSKA safida jami 39 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.