Kataloniyaning “Barselona” klubi va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde futbolga bo’lgan muhabbati haqida gapirdi.
“Futbolni avvalgidek sevaman desam, yolg’on gapirgan bo’laman. Bu meni qiziqishim edi. Endi esa bu mening ishim. Ishni boshlaganimda, maydondan tashqaridagi hayotim ikkinchi darajali bo’lib qoladi”, – deydi Kunde.
Ma’lumot uchun, Jyul 2022-yilning yozidan buyon “Barselona” safida to’p surmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.