Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi PSJ yarim himoyachisi Danilo Pereyrani o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar hozirda ushbu transfer borasida muzokara olib bormoqda.
Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikening rejalariga kiritilmagan. Shu sababli, parijliklar Saudiyada transferlar oynasi yopilgunga qadar Danilodan qutulmoqchi.
Eslatib o’tamiz, Saudiyada transferlar oynasi bugun rasman yopiladi.