Hozirgina Nyu-Yorkda tashkil etilgan UFC 309 turniri o’z yakuniga yetdi. Unda asosiy jang og’ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons (28-1-1) va Stipe Miochich (20-5) o’rtasida kechdi.
Besh raundga mo’ljallangan jang 3-raund davom etdi va Jons Miochichni nokautga uchratib, chempionlik unvonini himoya qildi.
Shuningdek, yana bir asosiy jangda Charlz Oliveyra (35-10) Maykl Chandlerga (23-9) qarshi oktagonga ko’tarildi va hakamlarning yakdil qarori bilan g’alaba qozondi.
Turnirning boshqa natijalari:
Bo Nikal (7-0) Pol Kreygni (17-9-1) hakamlar qarori bilan mag’lub etdi;
Vivian Arauxo (13-6) Karina Silvani (18-5) hakamlar qarori bilan mag’lub etib;
Maurisio Ruffi (11-1) Jeyms Liontopni (14-5) hakamlar qarori bilan mag’lub etdi;
Markus MakGi (10-1) Jonatan Martinesni (19-6) hakamlar qarori bilan mag’lub etdi.
