Bugun Avstraliyaning Pert shahrida UFC 305 turniri bo’lib o’tdi. Asosiy jangda Drikus dyu Plessi Israel Adesanyani mag’lub etib, o’rta vazn toifasidagi chempionlik unvonini himoya qildi.
Jangda so’ng dyu Plessi o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Bu yigit menga qiyinchilik tug’dirdi. U tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri. Aytganimdek, men bu kamar uchun o’lishga ham tayyor edim.
Oktagonda ushbu afsona bilan birga bo’lish men uchun sharaf. Jangdan keyin unga hurmat bajo keltirdim. Jangdan oldin bo’lgan barcha voqealardan afsusdaman”, – deydi Dyu Plessi.
Eslatib o’tamiz, ushbu g’alaba Drikus uchun qatorasiga o’ninchisi bo’ldi. Bundan avvalgi jangda dyu Plessi Shon Striklendni hakamlarning bo’lingan qarori evaziga mag’lub etib, yangi chempionga aylangandi.