Boks bo’yicha yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev (21-0) videobloger va bokschi Jeyk Pol (11-1) bilan jang bo’yicha muzokaralarga tayyorligini bildirdi.
“Jeyk Pol, amaldagi mutlaq jahon chempioniga qarshi ringda nima qila olasan? Shuni bilishingni xohlardim, men har qanday takliflarni ko’rib chiqaman”, – deydi Beterbiyev.
Eslatib o’tamiz, Arlingtonda tashkil etilgan boks oqshomida Jeyk Pol afsonaviy Mayk Taysonga qarshi ringga ko’tarildi. To’liq 8 raund davom etgan jangda Pol ochkolar hisobiga g’alaba qozondi.