Og’ir vazn toifasida ikki karra jahon chempioni Entoni Joshua Deontey Uaylderga qarshi jang bo’lishi mumkinligini aytdi.
“Bu jang hali ham bo’lishi mumkin. Nega endi yo’q? Yorqin chiroqlar va bekorchi gaplarni yig’ishtiring. Men Uaylderga qarshi jang qilishga tayyorman”, – deydi Joshua.
Ma’lumot uchun, Uaylder o’zining so’nggi ikkita janggida mag’lubiyatga uchragan. 2023-yilning dekabr oyida Jozef Parkerga hakamlar qarori bilan, iyun oyida esa Chjan Chjileyga muddatidan avval mag’lub bo’lgan.
Joshua esa 2022-yil avgust oyidan beri hali mag’lubiyatga uchramadi. O’shanda Entoni Aleksandr Usikka mag’lub bo’lgan, shundan so’ng oxirgi to’rtta janggida g’alaba qozongan.