Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni sharafiga muyassar boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi.
Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chempionlik jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani magʻlub etib, delegatsiyamizga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini taqdim etdi.