Klublar o’rtasidagi Jahon chempionati qancha daromad keltirishi ma’lum bo’ldi.
The Athletic xabariga ko’ra, FIFA ushbu turnirdan 2 milliard dollar ishlab olishi mumkin. Ishtirokchilar esa umumiy 1 milliard dollar oladi. G’olib jamoa 100 million dollarga ega chiqadi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilgi klublar o’rtasidagi Jahon chempionati AQSh’da bo’lib o’tadi. Turnirning ilk uchrashuvi 15-iyul kuni “Inter Mayami” hamda Misrning “Al-Ahli” klublarida o’rtasida o’tkaziladi.
Eslatib o’tamiz, musobaqaning amaldagi g’olibi “Manchester Siti” hisoblanadi.