Bugun, 15-noyabr kuni “Yuventus” yarim himoyachi Pol Pogba bilan tomonlarning o’zaro kelishuviga ko’ra shartnoma bekor qilinganini e’lon qiladi. Bu haqda jurnalist Kave Solxekol xabar berdi.
Avvalroq, Pogba endi Turin klubida o’ynamasligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Shuningdek, futbolchiga Angliya, Yevropa va Saudiya jamoalari qiziqish bildirayotgani, biroq kelishuv shartnoma to’liq bekor qilinganidan so’ng boshlanishi qayd etilgan.
Eslatib o’tamiz, Lozannodagi Sport arbitaj sudi (CAS) qaroriga ko’ra, 31 yoshli fransiyalik futbolchi 2025-yilning yanvar oyidan boshlab mashg’ulotlarga qaytish huquqiga ega va mart oyida maydonga tushishi mumkin.