O’zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida “CAFA Nations Cup-2025” turnirida ishtirok etadi.
Ushbu musobaqada 8 ta jamoa 2 guruhga bo’lingan holda o’yinlar o’tkazadi. Guruh g’oliblari finalda to’qnash kelsa, 2-o’rinni egallagan jamoalar 3-o’rin uchun bahsga kirishadi.
Turnirga O’zbekiston va Qirg’iz Respublikasi mezbonlik qilishi kutilmoqda.
Musobaqada quyidagi jamoalar qantanishi rejalashtirilgan: O’zbekiston, Qirg’iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston, Eron, Ummon va Malayziya.
Eslatib o’tamiz, “CAFA Nations Cup” turniri ilk bor 2023-yilda o’tkazilgan va unda Eron chempion bo’lgan. Forslar finalda O’zbekistonni 1:0 hisobida mag’lub etgan.