Taniqli Opta statistik platformasining superkompyuteri chempionatning 11-tur yakunlariga ko’ra, APL klublarining 2024/2025-yilgi mavsumda chempion bo’lish imkoniyatlarini bashorat qildi.
Unga ko’ra, chempionlik uchun asosiy davogar “Liverpul” deb topildi. Mersisaydliklarning oltin medallarni qo’lga kiritish ehtimoli 60,3 foizga baholanmoqda. Ikkinchi o’rinni “Manchester Siti”, uchinchi o’rinni esa “Arsenal” qo’lga kiritishi taxmin qilinmoqda.
Superkompyuterga ko’ra, Premyer-liga klublarining chempionlikni qo’lga kiritish imkoniyatlari:
“Liverpul” – 60,3%;
“Manchester Siti” – 34,3%;
“Arsenal” – 5%;
“Chelsi” – 0,3%.
Ma’lumot uchun, hozirda APL turnir jadvalida “Liverpul” 28 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda. Ikkinchi o’rinda “Manchester Siti” (23 ochko), uchinchi o’rinda “Chelsi” (19 ochko) bormoqda.