“Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi qachon safga qaytishi ma’lum bo’ldi.
Ernan Klausning xabariga ko’ra, Messi hozirda yakka tartibda mashg’ulotlarni davom ettirmoqda, biroq tez orada umumiy guruh mashg’ulotlariga qo’shiladi.
Manbaga ko’ra, Messi 1-sentyabr kuni bo’lib o’tadigan “Chikago Fayr”ga qarshi o’yinda maydonga qaytishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Leo Kopa Amerika finalida Kolumbiyaga qarshi o’yinda to’pig’idan jarohat olgandi va o’yinning 64-daqiqasida almashtirilgandi.
Ma’lumot uchun, Messi 2023-yildan buyon “Inter Mayami” safida to’p surmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilga qadar mo’ljallangan.