Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum oxirida iste’foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Chempionlar Ligasida “Arsenal”dan uchralgan yirik mag’lubiyatdan so’ng italiyalik mutaxassisning kursisi qimirlab qolgan.
Qayd etilishicha, “Real” keyingi mavsumda Anchelottining o’rniga Xabi Alonsoni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o’tamiz, UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o’yinida “Arsenal” “Real” darvozasiga javobsiz uchta to’p kiritdi. Tomonlar o’rtasidagi javob o’yini 16-aprel sanasida “Bernabeu” stadionida bo’lib o’tadi.