Saudiya Arabistonining nomi oshkor qilinmagan klubi “Real” markaziy himoyachisi Eder Militao transferi uchun 100 million yevro taklif qildi. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “qamoqranglilar” allaqachon bu taklifga rad javobini bergan. Militao jarohati tufayli o’tgan mavsumning asosiy qismini o’tkazib yuborganiga qaramay, madridliklar unga ishonch bildirishda davom etmoqchi.
Ma’lumot uchun, Militao 2019-yildan beri “Real” safida to’p surmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 156 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.