Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos “Real”dagi sobiq sherigi Pepening futbolchilik faoliyatini yakunlaganiga o’z fikrlarini bildirdi.
“Buyuk inson, haqiqiy jangchi. Men u bilan ko’p o’yin o’tkazish, g’alabalarni baham ko’rish va sovrinlarni qo’lga kiritish imkoniga ega bo’ldim. Sen bilan birga o’ynash men uchun rohat edi.
Futbolda sendek insonlar kam. Hayotingdagi yangi bosqichdan rohatlan, senga eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, – dedi Ramos.
Eslatib o’tamiz, Pepe 41 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Uning so’nggi jamoasi “Portu” edi. Ushbu jamoa tarkibida o’tgan mavsum 34 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.