“Chelsi” va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Koul Palmer APL’ning 11-turida “Arsenal”ga qarshi kechgan derbida (1:1) jarohat oldi.
22 yoshli yarim himoyachi o’yin oxirida oyog’idan zarba qabul qilib oldi va ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining “Stemford Brij”dan oqsoqlanib chiqib ketayotgani aks etgan video paydo bo’ldi.
Ma’lumot uchun, Palmer joriy mavsum Premyer-ligada 11 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o’tamiz, noyabr oyida Angliya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida ikkita o’yin o’tkazadi. 14-noyabrda inglizlar Gretsiyaga, 17-noyabr kuni esa Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi.