Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski “Real Sosedad”ga qarshi bahsda belidan jarohat oldi. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Levandovski tibbiy tekshiruvdan o’tgan va shifokorlar unga 10 kunlik dam olishni tavsiya qilishgan.
“Barselona” bu haqda Polsha futbol federatsiyasiga ma’lum qilgan va har ikki tomon ham futbolchining dam olishi va tiklanishi uchun vaqt berishga qaror qilgan.
Shu tariqa, Robert Polshaning Millatlar Ligasi doirasidagi Portugaliya va Shotlandiyaga qarshi o’yinlarida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Agar hammasi rejadagidek bo’lsa, Levandovski xalqaro tanaffusdan keyin La Liga doirasidagi “Selta”ga qarshi bahsda maydonga qaytishi mumkin.