Opta superkompyuteri Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan jamoalarning turnirdagi imkoniyatlarini tahlil qilib chiqdi.
Unga ko’ra, “Liverpul” Chempionlar Ligasida g’alaba qozonish uchun eng yuqori imkoniyatga ega – 19,2 foiz. Ikkinchi o’rindan “Barselona” (14,8 foiz), uchinchi o’rindan esa “Inter” (14 foiz) joy olgan.
Keyingi o’rinlarni esa “Arsenal” (11,6 foiz), “Real” (9,8 foiz) va PSJ (9,5 foiz) band etgan. Qolgan jamoalarning imkoniyatlari 5,5 foizdan past deb baholangan.