Muddatidan avval Jahon chempionati masalasini hal qilgan O’zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichini yuqori notada yakunladi.
O’z maydonida Qatarga qarshi bahs olib borgan yurtdoshlarimiz yirik 3:0 hisobida g’alaba qozondi.
Uchrashuvdan so’ng terma jamoamiz a’zolariga prezident sovg’asi sifatida “BYD” avtomobillari topshirildi.
E’tiborga molik jihati, dastlab, terma jamoamiz a’zosi Islom To’xtaxo’jayev o’z avtomobilini Bobur Abduxoliqovga sovg’a qilib yuborgandi.
Endi esa termamizning sobiq bosh murabbiyi, mundial yo’lida o’zining ulkan hissasini qo’shgan Srechko Katanes o’ziga berilgan mashinani milliy jamoa tarjimoni Davron Ahmedovga tuhfa qilib yubordi. Qoyil!
