Madridning “Real” klubi Dani Karvaxal va Ferlan Mendi bilan shartnomani 2026-yilgacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi 2025-yilning o’rtalariga qadar amal qiladi.
Karvaxal o’tgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Mendi esa 2019-yilning yozidan buyon “Real” safida to’p surmoqda. Bu davr ichida u barcha musobaqalarda 170 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.