Germaniya terma jamoasi va Leverkuzenning “Bayer” klubi markaziy himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda iMiaSanMia xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar futbolchi bilan muzokaralar olib borgan va shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, “Bavariya” futbolchiga yiliga 9 million yevro maosh va yana bonus sifatida 3 million yevro va’da qilgan. Endilikda klublar Taning transfer narxini kelishib olishi kerak.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli himoyachining “Bayer” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Barselona” ham Jonatan Tani yozgi transferlar oynasida tekinga qo’lga kiritmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.