Rimning “Roma” klubi “Galatasaroy” markaziy himoyachisi Viktor Nelsonni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Transfermarkt xabariga ko’ra, kelishuv 12 million yevroga amalga oshdi. Shuningdek, shartnoma sotib olish variantini ham o’z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli daniyalik futbolchi joriy mavsum 18 ta o’yin o’tkazib, bitta sariq va bitta qizil kartochka bilan jazolandi.