“Manchester Siti” “Portu” yarim himoyachisi Niko Gonsales transferini rasman e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko’ra, tomonlar 2029-yilgacha mo’ljallangan shartnoma imzolagan.
Qayd etilishicha, “Barselona” ushbu transferdan 40 foiz ulush oladi.
Ma’lumot uchun, Gonsales joriy mavsum barcha turnirlarda 29 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.