15-sentyabr kuni Las-Vegasda UFC 306 turniri bo’lib o’tadi. Asosiy jang yengil vazn toifasida amaldagi chempion Shon O’Melli va Merab Dvalishvili o’rtasida kechadi.
Turnir oldidan jangchilar o’rtasida dastlabki sterdaun bo’lib o’tdi.
Eslatib o’tamiz, O’Melli o’zining birinchi titul himoyasida Marlon Verani mag’lub etgandi. Jang besh raund davom etgan va hakamlar bir ovozdan Shonning g’alabasini qayd etgandi.