Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) may oyi yakunlariga ko’ra, professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Bir necha kun avval da’vogarlik janggida g’alabaga erishgan Bektemir Meliqo’ziyev reytingda 1-o’rinda qayd etildi.
Reytingdagi bokschilarimiz holati quyidagicha:
Hasanboy Do’smatov (minimal vazn) – 8-o’rin;
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) – vaqtinchalik chempion;
Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) – 9-o’rin (o’tgan oyda 13-o’rinda edi);
Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) – 3-o’rin;
Sirochbek Ismoilov (yengil vazn) – 13-o’rin (o’tgan oy 11-o’rinda edi);
Shahram G’iyosov (yarim o’rta vazn) – 1-o’rin;
Isroil Madrimov (super yarim o’rta vazn) – 5-o’rin;
Bektemir Meliqo’ziyev (super o’rta vazn) 1-o’rin (o’tgan oy 3-o’rinda edi).