Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Omar Marmush “Liverpul” klubi vingeri Muhammad Salohning vorisi deb aytilmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Marmush 2025-yilning yozida mersisaydliklar safiga qo’shilishi mumkin. Futbolchining o’zi Saloh bilan bir jamoada o’ynashdan, agarda shartnoma uzaytirilmasa, Anre Slot jamoasida Misr afsonasining vorisi bo’lish g’oyasidan mamnun.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum barcha turnirlarda 17 ta o’yin o’tkazib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Liverpul” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Omar Marmush esa Bundesliga to’purarlari orasida birinchi o’rinni egallab turibdi. U 10 ta uchrashuvda 11 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi. Shuningdek, Xarri Keyn hisobida ham xuddi shuncha gol bor.