Supero’rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO kamarlari sohibi Saul “Kanelo” Alvares va puerto-rikolik bokschi Edgar Berlanga nigohlar janggida ishtirok etishdi.
Eslatib o’tamiz, Kanelo va Berlanga o’rtasidagi jang 15-sentyabr kuni Las-Vegasda bo’lib o’tadi.
Ma’lumot uchun, Alvares hozirda 34 yoshda. U 2021-yilning dekabr oyida mutlaq chempionga aylangan. Shundan so’ng, to’rtta himoya janggini o’tkazgan. 2024-yilda esa Saul majburiy himoyadan voz kechib, IBF chempionligini tark etgan.
Edgar Berlanga esa hozirda 27 yoshda. Puerto-rikolik bokschi professional ringdagi debyutini 2016-yilda o’tkazgan va jahon chempionligi uchun sobiq davogarlar ustidan g’alaba qozongan.
