30 yoshli rossiyalik UFC jangchisi Movsar Evloev Aljameyn Sterlingning doping qabul qilganlik haqidagi aybloviga javob qaytardi.
“Xohlaganingcha gapirishing mumkin, ammo jangdan keyin og’zingni abadiy yopaman.
Dalilsiz ayblov qilish, mag’lub bo’lganingdan keyin o’zingni himoya qilish mexanizmidir”, – deb yozdi Evloev o’zining X sahifasida.
Ma’lumot uchun, Movsar Evloev 2014-yilda professional MMA’da debyut qilgan. 2019-yilda esa ilk bor UFC’da oktagonga ko’tarilgan.