Yengil vazn toifasida UFC jangchisi Arman Sarukyan 2019-yilning aprel oyida UFC Fight Night 149 turnirida bo’lib o’tgan Islam Maxachevga qarshi jangdagi xatosini aytdi.
“Men uni yiqitishga juda ko’p kuch sarfladim. Men bunday qilmasligim kerak edi, chunki u juda yaxshi himoyalanadi.
Men “стойка” va kurashni aralashtirishim kerak edi. Men kurashishdan ko’ra ko’proq urishishim kerak edi”, – deydi Sarukyan.
Eslatib o’tamiz, Maxachev va Sarukyan o’rtasidagi revansh janggi 10-yanvar kuni Los-Anjelosda tashkil etiladigan UFC 311 turnirida bo’lib o’tadi.