AQSHning Nevada shtatida UFC Fight Night 253 turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda eng yengil vazn toifasidagi UFC jangchisi, o’zbekistonlik Ramazon Temirov musobaqaning ilk jangida amerikalik Charlz Jonsonga qarshi oktagonga chiqib, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, bu jang Temirovning UFC’dagi ikkinchi jangi hisoblanadi. “Temurlan” UFC’dagi ilk jangini 2024-yilning oktyabrida o‘tkazgan va o‘shanda amerikalik SiJey Vergarani nokautga uchratgan edi.
Shu tariqa Temirov UFC’dagi har ikki jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.
Jonson esa bungacha UFC’da 10 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shundan 7 ta g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. Charlz ketma-ket 4 ta jangdan iborat g‘alabali seriya qayd etib kelayotgan edi. Bugun uning ushbu seriyasi yakunlandi.