Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiada o’yinlarining chempioni bo’lgan Bahodir Jalolov havaskor boksdan ketganini ma’lum qildi.
Bokschimiz Olimpiya o’yinlarining so’nggi janggida libosini yechib ringda qoldirdi.

“Inshaalloh, professional boksda ham mutlaq jahon chempioni bo’laman va barchaning ishonchini oqlayman”, – deydi Jalolov.
Ma’lumot uchun, Bahodir so’nggi uchta Olimpiadada ishtirok etgan. Yaponiya va Fransiyadagi turnirlarda shohsupaning eng yuqori pog’onasidan joy olgan.
