Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen “Speed Chess Chempionship 2024”da g’olib chiqdi. Musobaqa finalida unga taniqli fransiyalik grossmeyster Alireza Firuzja raqiblik qildi.
Uchrashuvda avvaldan kutilgan intriga kuzatilmadi. Karlsen umumiy hisobda Firuzjani 23,5-7,5 hisobida taslim etdi.
Turnirdan so’ng Magnus ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali g’alabasiga munosabat bildirdi.
“Men biroz tezlik ko’rsatdim”, – deb yozdi Karslen o’zining X sahifasida.
Eslatib o’tamiz, ushbu turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi, biroq Yan Nepomnyashiyga 13-11 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
