Yarim og’ir vazn toifasida WBA chempioni Dmirtiy Bivol bo’lajak raqibi Artur Beterbiyevni Saul Alvares bilan taqqosladi.
“Ikkisi ham butunlay boshqa jangchilar. Artur kattaroq va kuchli zarbaga ega. U Kallum Smitga qarshi yaxshi jang o’tkazdi.
U hali ham o’ziga nisbatan ishonch, zarba va bosim borligini ko’rsatdi. Ringda jang qanday o’tishini vaqt ko’rsatadi. Bu shaxsiy adovat emas”, – deydi Bivol.
Ma’lumot uchun, Artur Beterbiyev o’zining so’nggi janggini yanvar oyida Kallum Smitga qarshi o’tkazgan va yettinchi raundda nokaut evaziga g’alaba qozongan.
Eslatib o’tamiz, Dmirtiy Bivol va Artur Beterbiyev o’rtasidagi jang 12-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo’lib o’tadi.