Angliya Premyer-ligasining 29-turidan o’rin olgan bahsda “Aston Villa” o’z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi va yakunda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovor durangga imzo chekishdi.
Uchrashuvda Muhammad Saloh bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, misrlik forvard mersisaydliklar sobiq hujumchisi Luis Suaresni ortda qoldirib, APL rekordini o’rnatdi.
Squawka xabariga ko’ra, Saloh Angliya chempionatining joriy mavsumida safar o’yinlarda 15-golini kiritdi va APL tarixidagi rekordchiga aylandi.
Avvalroq bu yutuq urugvaylik hujumchi Luis Suaresga tegishli edi. U 2013/2014-yilgi mavsumda “Liverpul” safida mehmonda 14 ta gol urgan edi.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum klub safida jami 37 ta o’yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.