Yarim o’rta vazn toifasida o’zbekistonlik bokschi Shahram G’iyosov navbatdagi jangini shu yilning aprel oyida o’tkazadi. Bu haqda Matchroom xabar berdi.
Manbaga ko’ra, G’iyosov 12-aprel kuni AQSh’ning Atlantik Siti shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko’tariladi. Biroq uning raqibi hozircha aniq emas.
Kechaning markaziy janggi esa yarim o’rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Eymantas Stanionis va IBF chempioni Jeyron Ennis o’rtasida bo’lib o’tadi.
Agar Shahram bo’lajak jangida g’alaba qozonsa, keyingi jangini aynan Stanionis-Ennis qarama-qarshiligi g’olibiga qarshi o’tkazadi.
Ma’lumot uchun, G’iyosov professional faoliyati davomida 14 ta jang o’tkazib, ularning barchasida g’alaba qozongan. 9 ta jangi muddatidan avval yakunlangan.

